Karate. Bugun hamyurtlarimiz Shanxay turniridagi ishtiroklarini boshlaydilar

  • 7 dekabr, 2018, 09:57
  • 0
CHERY AUTO

Xabar berib o‘tganimizdek, 7-9 dekabr kunlari Xitoyning Shanxay shahrida karate bo‘yicha kattalar o‘rtasida «A Seriya» turkumidagi reyting turniri bo‘lib o‘tadi. Bahslarda jahonning turli davlatlaridan 1000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etadi. Bellashuvlarda o‘zbekistonlik karatechilar ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar.

Tecno

Terma jamoamiz musobaqada quyidagi tarkibda qatnashadi:

Erkaklar:

-60 kg: Sadriddin Saymatov
-67 kg: Iqboljon Uzoqov

Ayollar:

-50 kg: Baxriniso Babaeva
-61 kg: Barno Mirzaeva

Murabbiylar:
O‘ktam Bekpo‘latov
Dilnoza Bakirova.

Bugun, musobaqaning dastlabki kunida ikki nafar hamyurtimiz – Iqboljon Uzoqov hamda Bahriniso Babaeva tatamiga chiqadi. Ertaga Sadriddin Saymatov va Barno Mirzaeva bahslarga kirishadi. Medallar uchun janglar esa 9 dekabr kuni o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!