
Joshua: Povetkin ajoyib bokschi
Super og‘ir vazn toifasida WBA (Super), WBO, IBO va IBF chempioni Entoni Joshua rossiyalik Aleksandr Povetkin haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Povetkin - Olimpiada chempionidir. Tan olishim kerak, bir necha yillardan buyon uning faoliyatini kuzatib kelmoqdaman. Aleksandr menga qarshi chiqgan eng kuchli bokschilardan biridir.
Avvalgi bahslarda bir necha muammolarga duch kelgandim, biroq Povetkinga qarshi jangga astoidil tayyorgarlik ko‘ryapman, - deya Entonining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sports nashri.
Ma’lumot uchun, Joshua - Povetkin qarama-qarshiligi 22 sentyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar