
Jordi Alba: "Ter Shtegen – dunyoning eng kuchli darvozaboni"
Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Jordi Alba kecha La Liganing 4-turi doirasida “Real Sosedad”ga (2:1) qarshi safarda kiritilgan muhim g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Birinchi bo‘limda biz o‘zimizning odatdagi darajamizda o‘ynay olmadik. Raqib esa bitta yaxshi hujum qildi va gol urdi. Shundan so‘ng to‘liq himoyaga o‘tib oldi. Ulrning bu himoyasini yorib o‘tish juda qiyin edi.
Tanaffusdan so‘ng esa biz yana o‘z o‘yinimizni namoyish qildik. “Sosedad” esa faqat qarshi hujumlarda o‘ynadi. Men ter Shtegenni dunyoning eng zo‘r darvozaboni deb hisoblayman. Bugun u bizni qutqardi”, - deydi Alba.
Fikrlar