
Jon Terri: MYu bu mavsum kuchli uchlikka kira olmaydi
Angliyalik afsonaviy himoyachi Jon Terri ayni damda “Manchester Yunayted”ni boshqarayotgan sobiq ustozi Joze Mourinoning jamoadagi muammolari haqida gapirib o‘tdi.
“Mourino har doim katta shahs bo‘lib kelgan. Hozir esa MYuda bunday o‘yinchilar yo‘q. Esimda, u qaysidir yili mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida meni to‘xtatdi va qo‘lidagi planshetini erga tashlab shunday dedi: “Agar yana bir marta to‘pni yo‘qotsang, men o‘rninga 50 millionga boshqa futbolchini sotib olaman”.
Mourino hamma narsani bilgan. Shuning uchun biz juda zo‘r o‘yin ko‘rsatardik. MYu futbolchilari doim g‘alaba qozonishni xohlashlarini ko‘rsatishlari kerak. Shundagina Mourino ular tomonda bo‘ladi. Joze sabrli bo‘lishi kerak. MYu bu mavsum kuchli uchlikka kira olmaydi. Ular “Tottenxem” bilan 4-o‘rin uchun kurash olib borishadi”, - deydi Terri.
Eslatib o‘tamiz, Terrining o‘zi tez orada Moskvaning “Spartak” klubi bilan shartnoma imzolashi aytilmoqda.
Fikrlar