Jamila Rahmatova shogirdlari Qozog‘istonda g‘olib bo‘ldi

CHERY AUTO

Qozog‘istonda badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar o‘rtasida  "KERBEZ CUP - 2018" xalqaro turniri o‘tkazildi.

Tecno

Mazkur musobaqada ko‘plab nufuzli turnirlar g‘olibasi Jamila Rahmatova maktabining tarbiyalanuvchilari 5 oltin va 2 kumush medalga sazovor bo‘ldi.

photo_2018-03-22_22-43-39

Musobaqaning 2012 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasidagi bahslarda Arina Petrova hamda Sora Nurmatova o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni egalladi.

photo_2018-03-22_22-43-46

Etti yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Jamila Jalilova oltin, Liza Koneva hamda Odina Zohidova kumush medalga sazovor bo‘ldi. Sakkiz yoshli qizlar bahsida Zebo Yoqubova Samira Boqieva shohsupaning birinchi pog‘onasidan joy oldi.

"Xalqaro turnirda shogirdlarim munosib ishtirok etdi. Umid qilamanki, ular hali ko‘plab musobaqalarda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishadi. Musobaqada ishtirok etgan barcha shogirdlarimdan ko‘nglim to‘ldi", - deydi Jamila Rahmatova.

photo_2018-03-21_18-51-36

photo_2018-03-22_22-43-34

photo_2018-03-22_22-44-12

photo_2018-03-22_22-43-46_1

photo_2018-03-22_22-44-09

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!