Jahon rekordchisi Oksana Chusovitina yana olamni hayratga soldi

CHERY AUTO
 
Olimpiya o‘yinlarida eng ko‘p qatnashgan gimnastikachi sifatida jahon rekordchisi bo‘lgan hamyurtimiz Oksana Chusovitina hali hamon tayanib sakrashda tengsiz ekanini namoyish etib kelmoqda.
 
Meksikada sport gimnastikasi bo‘yicha o‘tkazilgan "ABIERTO MEXICANO DE GIMNASIA - 2016" an’anaviy xalqaro turnirida O‘zbekiston, Braziliya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Kolumbiya, Meksika, Ruminiya , Ukraina va Yaponiyadan kelgan mohir gimnastikachilar g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
 
Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Oksana Chusovitina tayanib sakrash bahslarida barcha raqiblarini ortga qoldirib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Keyingi o‘rinlar germaniyalik Angelina Kisla va meksikalik Miriana Almeidaga nasib qildi.
 
 
Oksana Chusovitina ko‘pkurash bellashuvlarida uchinchi o‘rinni egallab, bronza medalga sazovor bo‘ldi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!