Italiya termasi antirekord o‘rnatdi

  • 18 noyabr, 2018, 13:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasi UEFA millatlar ligasi guruh bosqichida o‘z maydonida Portugaliya termasi bilan durang o‘ynadi. 0:0.

Tecno

Shunday qilib, italiyaliklar ketma-ket olti uchrashuvdan beri o‘z maydonida g‘alaba qozona olmayapti. Bu Italiya milliy termasi uchun rekord hisoblanadi.

Avvalroq Italiya uyida Makedoniya (1:1), Shvetsiya (0:0), Gollandiya (1:1), Polsha (1:1) va Ukraina (1:1) bilan durang qayd etgan. So‘nggi marta italiyaliklar o‘z maydonida Isroilni (1:0) mag‘lub qilgan. Bu 2017 yil 5 sentyabr kuni JCh-2018 saralash doirasida bo‘lib o‘tgan.

Keyingi o‘yinni Italiya 20 noyabr kuni AQShga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Belgiyaning Genk shahridagi “Kristal Arena” stadionida bo‘lbi o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!