
Ispaniya Primerasida Kataloniya derbisi yoxud bugun "Barselona" "Jirona"ga qarshi o‘ynaydi
Bugun Ispaniya La Ligasida 5-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Jumladan, shu kuni amaldagi chempion “Barselona” o‘z maydonida “Jirona”ni qabul qiladi.
Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:
- “Barselona” La Liga doirasida o‘tkazilgan so‘nggi 33ta o‘yinning 30tasida g‘alaba qozongan va ushbu o‘yinlarda raqib darvozasiga kamida 2ta gol urgan.
- “Barselona” o‘tgan mavsum La Liga doirasida o‘tkazilgan 2ta uchrashuvda “Jirona” darvozasini naqd 9 marta ishg‘ol etgan. Bor yo‘g‘i 1ta gol o‘tkazib yuborgan.
- “Barselona”ning rasmiy uchrashuvlardagi g‘alabali seriyasi 8ta o‘yindan buyon davom etmoqda.
- Ushbu jamoalarning o‘tgan mavsum “Kamp Nou”da o‘tkazilgan bahsida 6:1 hisobida “ko‘k-anor ranglilar” g‘alaba qozonishgan.
- "Jirona" va "Barselona" klublarining ikkinchi davradagi o‘zaro o‘yini AQShning Mayami shahrida bo‘lib o‘tadi.
"Barselona" – "Jirona"
Stadion: "Kamp Nou" (Barselona)
Boshlanish vaqti: 23:45
Bosh hakam: Xesus Xil Mansano (Ispaniya)
"Barselona": ter Shtegen – Roberto, Umtiti, Pike, Alba – Buskets, Rakitich, Koutino – Dembele, Messi, Suares.
"Jirona": Bunu – Espinosa, Xuanpe, Alkakla – Porro, Granel, Luis, Benitez – Portu, Stuani, Garsiya.
Fikrlar