Ispaniya 37 yilda ilk bor “Uembli”da Angliyani taslim qildi. Har ikki safar – Markos Alonso bilan

  • 9 sentabr, 2018, 06:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi Millatlar ligasi 1-turida Ispaniya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. “Uembli” mezbonlik qilgan bellashuvda ispaniyaliklar 2:1 hisobi zafar quchdi.

Tecno

“Qizil furiya” o‘z tarixida ikkinchi marta Angliyani “Uembli”da mag‘lub qilish uddasidan chiqdi. Qolgan bahslarda Ispaniya 5 marta mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, yana ikkita o‘yinda durang qayd etildi.

E’tiborli tomoni shundaki, 1981 yili Ispaniya termasining “Uembli”dagi ilk g‘alabasi qayd etilganida, uning tarkibida Markos Alonso debyut qilgan. Bu safar "Chelsi" himoyachisi ham "qizil furiya" tarkibida ilk bor maydonga tushdi. Ota va bola milliy termada bir xil raqibga qarshi va bir xil maydonda debyut qilib, g‘alaba qozonishgan.

Qayd etish kerakki, Markos Alonso, uning otasi (“Atletiko” va “Barselona”da to‘p surgan) va buvasi (8 yil “Real”da to‘p surgan) — adashlar. Ularning ism va familiyasi bir xil, faqatgina ikkinchi ismi farq qiladi. Har uchalasi Ispaniya termasida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!