
Islom birdamlik o‘yinlari: Anastasiya Serdyukova ham kumush medalni o‘ziniki qildi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida davom etayotgan Islom birdamlik o‘yinlarida terma jamoamiz hisobidagi medallar soni yana bittaga ko‘paydi.
Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan bellashuvlarning badiiy gimnastik bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Anastasiya Serdyukova halqada bajariladigan bahslarda kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Xususan, ushbu yo‘nalishda oltin medal ozarbayjonlik Marina Durundaga nasib etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni ham mezbonlar vakilasi Jala Pirrieva yakunlab berishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar