
Ishsiz yurgan Mourino yoki Lopetegidan biri "Bavariya"da ish boshlashi mumkin
Myunxenning "Bavariya" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Niko Kovachning faoliyatidan qoniqish xosil qilmayapti va uning o‘rniga bir qator mutaxassislar nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
Don Balon nashri tarqatgan xabarga ko‘ra xorvatiyalik mutaxassisning o‘rnini Joze Mourino yoki Xulen Lopetegi egallashi mumkin. Qayd etish lozimki, ushbu ikki mutaxassis ham mavsumdagi qoniqarsiz natijalar sabab o‘z jamoalaridan iste’foga chiqarilgan edi. Ular ayni damda ishsiz hisoblanishadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Bavariya” Zinedin Zidanga taklif bilan chiqqan va rad javobini olgan edi.
Fikrlar