
"Inter"ning short-listidan Kroos va Milinkovich-Savich ham joy oldi
Milanning "Inter" klubi mavsumlar oralig‘ida o‘zining markaziy chizig‘ini kuchaytirmoqchi.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar”ning bu boradagi short-listida Toni Kroos (“Real”) va Sergey Milinkovich-Savich (“Latsio”) kabi futbolchilar bor.
Aytish lozimki, germaniyalik futbolchining “qirollik klubi” bilan imzolagan shartnomasiga ko‘ra tovon puli 300 mln evroni tashkil etadi. Ammo, milanliklar “Real” bilan kelishib, bu narxni pasaytirishga urunib ko‘rishmoqchi. Milinkovich-Savichning transferi bo‘yicha ham deyarli xuddi shunday vaziyat mavjud. Biroq, “Inter”ga uning maoshi Kroosga nisbatan pastroq ekani ma’qul kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Inter” shuningdek “Real”ning yana bir a’zosi Luka Modrich uchun ham kurash olib bormoqda.
Fikrlar