
"Inter" mavsum yakunlangach Spallettini iste’foga chiqaradi
“Inter” klubi rahbariyati mavsum yakunlangach jamoa bosh murabbiyi Luchano Spallettini o‘z lavozimidan ozod etishi mumkin. Bu haqda Italiya nashrlari xabar bermoqda.
Unga ko‘ra jamoaning Chempionlar ligasidan chiqib ketgani “neradzurrilar” rahbariyatini ranjitgan. Ammo, ularning Spallettini hozir iste’foga chiqarish niyati yo‘q.
Ushbu o‘ringa hozirda ishsiz yurgan Antonio Konte nomzodi asosiy bo‘lib turibdi. Biroq, shuningdek Diego Simeone (“Atletiko”) hamda Joze Mourino (“Manchester Yunayted”) kabi mutaxassislarning nomzodlari ham mavjud.
Fikrlar