“Inter” Vidalni A Seriyaga qaytarmoqchi

  • 21 iyul, 2018, 14:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning “Inter” klubi “Bavariya” yarim himoyachisi Arturo Vidalni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Xabarlarga qaraganda 31 yoshli chililik futbolchi myunxenlikllar safidan ketishga qarshi emas, faqat u bo‘lajak jamoasida yiliga 7,3 million evrodan kam bo‘lmagan miqdorda maosh olmoqchi.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Vidalga Madridning “Atletiko” klubidan ham jiddiy takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Vidal o‘tgan mavsum “Bavariya” safida jami 35ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Ta’kidlash kerakki Vidal uchun Italiya A Seriyasi begona emas. U “Bavariya”ga o‘tishdan avval bir necha mavsum Turinning “Yuventus” klubida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!