"Inter" Rakitichni jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirishga tayyor

  • 22 fevral, 2019, 11:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi hamon "Barselona" xavbeki Ivan Rakitichni sotib olish fikridan qaytmayapti.

Tecno

La Gazzetta Dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” yozgi transferlar davrida 30 yoshli xorvatiyalik futbolchi uchun kataloniyaliklarga 40 mln evro taklif qilishmoqchi. Rakitichning o‘ziga esa 2022 yilga qadar shartnoma va jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘lishni va’da qilishmoqda.

Ma’lumot uchun, Rakitich joriy mavsum “Barselona” safida jami 36ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Лео Месси
22/02/2019 11:20
У Барсада қолса керак...