
“Inter” Perishichga o‘rinbosarni “Arsenal”dan topdi
“Inter” klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Ivan Perishichni qishki transferlar mavsumida sotishga harakat qilmoqda.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, milanliklar ushbu futbolchining transferidan tushgan pulni “Arsenal” hujumchisi Aleksis Sanchesni xarid qilishgan sarflaydi, ammo chililik hujumchi haftasiga 200 ming funt sterlingdan kam maosh olmoqchi emas.
27 yoshli xorvatiyalik futbolchi bu mavsum barcha turnirlarda 25 o‘yinda maydonga tushib, 7 gol va 2 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar