Hamdamovning jamoasiga RPLdan yordam ko‘rsatildi

  • 7 dekabr, 2018, 22:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasi Maxachkalaning “Anji” klubi hisob raqamiga 8 mln rubl miqdorida mablag‘ o‘tkazib berdi.

Tecno

Biroq, klub prezidentining so‘zlariga ko‘ra bu RPL tomonidan ko‘rsatilgan moliyaviy yordam emas. Balki, maxachkalaliklar moliyaviy qiyinchilikka duch kelgani uchun liga rahbariyati ularga teletranslyatsiyadan keladigan mablag‘ni biroz oldinroq to‘lab bergan holos.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq premer-liga klublari “Anji”ning chempionat yakuniga qadar ishtirokini ta’minlash uchun o‘z yordamlarini ko‘rsatishga tayyor ekanligi haqida ma’lum qilingan edi.

Ma’lumot uchun, “Anji” ayni damda 16ta yakunlariga ko‘ra musobaqa jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!