
Golovinning "Monako"dagi liboslari yaxshi sotilmoqda
"Monako" klubi vitse-prezidenti Vadim Vasilev jamoaning yangi a’zosi Aleksandr Golovinning ismi tushirilgan liboslar sotuvi yaxshi ketayotgani haqida aytib o‘tdi.
“Futbolkalar sotuvi yaxshi ketmoqda, buni tasdiqlashim mumkin. Raqamlarni esa tekshirmadim, lekin bu haqda jamoaning sport direktori xabar beradi”, - deydi Vasilev.
Eslatib o‘tamiz, “Monako” 22 yoshli rossiyalik futbolchini joriy yoz TsSKAdan 30 million evroga xarid qilgan edi.
Fikrlar