
Fazliddin G‘oibnazarov raqibini texnik nokautga uchratdi
Bugun Nyu-York shahrida o‘tkazilgan boks kechasida Rio-2016 Olimpiadasi chempioni, hamyurtimiz Fazliddin G‘oibnazarov dominikanlik bokschi Rikardo Garsiyaga qarshi ringga ko‘tarildi.
Shiddatli kechgan jangda hamyurtimiz raqibini texnik nokautga uchratdi. Aniqrog‘i, bahsni boshqarib borgan referi dominikanlik bokschini holatini hisobga olib, uni 5-raundga qo‘ymagan. Shu tariqa Fazlidin o‘zining navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Fazliddin professional ringda 7 marotaba jang qilgan va ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan (4 ta nokaut).
Fikrlar