
FIFA: JCh-2018 o‘yinlarini Er sharining teng yarmi tomosha qilgan
Yozda Rossiya yashil maydonlari mezbonlik qilgan jahon chempionati o‘yinlarini Er sayyorasining teng yarim aholisi tomosha qilgani aniqlandi.
FIFA rasmiy saytining xabar berishicha 4 yoshdan katta bo‘lgan 3,572 milliard inson televizor orqali ushbu mundialni kuzatib borgan. Xorvatiya va Frantsiya terma jamoalari o‘rtasidagi final bahsini esa 1,12 mlrd inson to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilgan.
JCh-2018 uchrashuvlari teletranslyatsiyalarining o‘rtacha auditoriyasi esa 191 million tomoshabinni tashkil etgan.
Fikrlar