
Dzyudo: 2 nafar vakilimiz medallar uchun kurashdan chiqdi, yagona umid Matniyozovadan
Osiyo o‘yinlarining bugungi kungi bahslari dzyudochilarimiz uchun biroz omadsiz o‘tmoqda.
Kun avvalida vakillarimiz erkaklar o‘rtasida -73, -81 kg; ayollar o‘rtasida -70 vazn toifasida bahslarga kirishgan bo‘lsa-da, yigitlarimiz meddalar uchun kurashda muddatidan avval imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.
Xususan, -73 kg vazn toifasida G‘iyosjon Boboev chorak finalda BAA vakili Viktor Skvortovga imkoniyatni boy berib qo‘ygan holda, bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qolgandi. Biroq, bronza medali uchun o‘tkazilgan o‘tish bosqichida ham Shimoliy koreyalik Chol Gvan Kim to‘sig‘idan o‘ta olmadi.
Shuningdek, -81 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Sharofiddin Boltaboev ham avvaliga chorak final bosqichida yaponiyalik tajribali sportchi Takeshi Sasaki to‘sig‘idan o‘ta olmadi. Bronza medali uchun o‘tkazilgan o‘tish bosqichida esa polvonimizga mo‘g‘ulistonlik Uganbaatar Otgonbaatar to‘sqinlik qildi.
Bundan tashqari, -70 kg vazn toifasidagi ayollar o‘rtasidagi yarim final bahsida yana bir hamyurtimiz Gulnoza Matniyozova Songeon Kimga qarshi tatamiga ko‘tarildi. Afsuski, ushbu bahsda ham koreyalik sportchining qo‘li baland keldi.
Qayd etish lozim, Gulnoza bronza medali uchun bahsda xitoylik Ya Ju to‘sig‘ini engib o‘tishi lozim.
Fikrlar