Duglas Kosta: Krishtianu - aqlli futbolchi

  • 3 sentabr, 2018, 22:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi vingeri Duglas Kosta portugaliyalik jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Biz Krishtianudan umuman bezovta bo‘lmayapmiz. U o‘tgan mavsum La Ligani ham xuddi shunday startda boshlagandi, ammo yakunda u qanday tugaganligini barchamiz bilamiz. Bu yangi mavsum va yangi chempionat. U hali bu erga to‘liq moslashib ketganicha yo‘q.

A Seriya La Ligada butunlay farq qiladi. Lekin Ronaldu aqlli futbolchi va u istalgan paytda gol ura olishi mumkin”, - deydi braziliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu hozircha ortda qolgan 3ta o‘yinda raqib darvozasiga yo‘l topa olganicha yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!