Doston Yoqubov: "Yangi jahon rekordi meniki bo‘lar edi . . . "

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha yurtdoshimiz Doston Yoqubov (-67 kg) Turkmaniston poytaxtida davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida siltab ko‘tarish mashqi bo‘yicha 180 kg natija bilan kumush medal sohibi bo‘lgan edi. Biz Doston bilan bog‘lanib, musobaqa haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashishga urundik va ba’zi savollarimizga javobini sizlarga taqdim etamiz:

Tecno

"Bu yil davomida ikkinchi musobaqam bo‘ldi. Bunday avval Osiyo o‘yinlarida ham kumush medalni qo‘lga kiritgan edim. Ashxobodda siltab ko‘tarish mashqining 3-urinishida 184 kg vaznni ko‘tara olganimda birinchi o‘rin va yangi jahon rekordi meniki bo‘lar edi, biroq natija 180 kg bo‘ldi yakunda. Bu JChda yangi vazn toifalari amal qilayotganidan xabaringiz bor, avvalgidan 2 kg pastroq toifada ishtirok etdim. Qaysidir ma’noda oltin medal yo‘lida shu ham biroz ta’sir o‘tkazdi. Shunga qaramasdan, juda yaxshi qatnashdim, deya olaman.  Meni qo‘llab turgan ota-onam va yaqinlarim – barchaga rahmat. Ularning qo‘llab-quvvatlashi bilan shunday natija qayd etdim. Kelgusida bundan-da yaxshi natijalar ko‘rsataman, deb va’da beraman", – deydi Doston Yoqubov. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!