
Diego Simeone o‘g‘lining "Atletiko"ga o‘tishini istamasligini aytdi
"U menga futbolchi sifatida juda yoqadi. Jovannining Italiyadagi o‘yinlaridan qoniqish hosil qilyapman. Biroq o‘ylashimcha, uning bizning jamoaga o‘tishi uchun eng yaxshi vaziyat hozir emas. U hali o‘sishda davom etishi kerak", - dedi argentinalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Diego Simeone o‘tgan mavsumni Italiyaning "Fiorentina" klubi safida ajoyib tarzda o‘tkazgan edi.
Fikrlar