
Diego Simeone: Kosta - maxluq
"Atletiko" Madrid klubi bosh murabbiyi Diego Simeone kecha "Barselona"ga (1:1) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda jamoa hujumchisi Diego Kosta jarohat olganini aytdi.
“Diego Kosta maydonni oyog‘ida biroz og‘riq bilan tark etdi. U mendan o‘zini almashtirishni so‘radi. Umid qilamanki u “Monako”ga qarshi o‘yingacha sog‘ayib ketadi.
Kosta – mahluq. U maydonda bo‘lgan o‘yinda jamoamizda g‘alaba qozonish imkoniyati bo‘ladi”, - deydi argentinalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Diego Kosta joriy mavsum “matraschilar” safida jami 10ta o‘yinda ishtirok etdi va raqiblari darvozasiga bitta gol urishga erishdi.
Fikrlar