Denisov va Shomurodov jamoalarining bahsi qoldirilmaydigan bo‘ldi

  • 7 dekabr, 2018, 19:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Krilya Sovetov" klubining rivojlanish bo‘yicha direktori Aleksandr Shikunov "Samara Arena"ning ertaga 8 dekabr kuni Rossiya premer-ligasining 17-turidan o‘rin olgan “Rostov”ga qarshi bahsga nechog‘lik tayyor ekanligi haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

- Stadion o‘yinga tayyormi?

- Nega endi yo‘q? Bizda havo harorati past emas. Termometr bor yo‘g‘i minus 4 darajani ko‘rsatmoqda.

- Demak “Rostov”ga qarshi o‘yin qoldirilmaydi.

- Bunga hech qanday sabab yo‘q. Ertaga xatto harorat plyus birga ko‘tariladi. Ha, o‘yin yaxshi ob-havoda o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval sovuq ob-havo sabab Rossiya chempionatining ayrim o‘yinlari qoldirilgan edi.

Ma’lumot uchun, "Krilya Sovetov" safida Vitaliy Denisov to‘p sursa, "Rostov"da Eldor Shomurodov harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!