Denis Istomin bugun oltin medal uchun kortga chiqadi

CHERY AUTO

Musobaqaning yakkalik bahslarida finalga chiqqan hamyurtimiz Denis Istomin hal qiluvchi bahsda xitoylik Vu Yibingga qarshi kortga chiqadi.

Tecno

Denis uchun bu Osiyo o‘yinlaridagi ikkinchi final bo‘ladi. Yodingizda bo‘lsa, Istomin 2010 yil Guanchjouda o‘tgan qit’a o‘yinlarida ham finalga chiqqan, ammo hindistonlik Somdev Devvarmanga 1:6, 2:6 hisobida mag‘lub bo‘lib, kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

2006 yil Dohada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida tennischimiz yakkalik bahslarida chorak finalga qadar etib borgan. Bugun esa u oltin medalni qo‘lga kiritish uchun harakat qiladi.

Raqib esa 18 yoshli Vu Yibing. Yosh va iqtidorli Yibing ATP reytingida 317-pog‘onada bormoqda. O‘tgan yili yoshlar o‘rtasidagi US Open turnirida bosh sovringa ega chiqqan Yibing bu yildan Xitoy termasi safida Devis kubogida ham ishtirok etganligini qo‘shimcha qilish joiz.

Bundan tashqari Denisning bugungi raqibi chorak finalda hamyurtimiz - Jo‘rabek Karimovni musobaqadan chiqarib yuborgan edi. 

Shunday ekan, bugungi final Istomin uchun alohida ahamiyat kasb etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!