
Dembele: "Barselona"da Pogba bilan birga o‘ynashni xohlardim
"Barselona" klubi vingeri Usmon Dembele hamyurti Pol Pogbani "Manchester Yunayted"dan kataloniyaliklar safiga o‘tishi mumkinligi borasidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“Pol Pogba? Men u bilan “Barselona”da birga o‘ynashni xohlardim. Lekin ushbu transfer borasida men bexabarman”, - deydi frantsiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Pogba va Dembele yaqindagina yakuniga etgan JCh-2018da Frantsiya terma jamoasi safida jahon chempionligini qo‘lga kiritishdi.
Fikrlar