Demba Ba Xitoydan yana Evropaga qaytdi (FOTO)

  • 22 yanvar, 2019, 17:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xitoyning “Shanxay Shenxua” klubi forvardi Demba Ba yana ko‘hna qit’aga qaytdi.

Tecno

Unga ko‘ra 33 yoshli futbolchi senegallik futbolchi mavsumning qolgan qismini ijara asosida “Istanbul” klubi safida o‘tkazadigan bo‘ldi. Turk klubi uni jamoaning ramzi hisoblangan boyo‘g‘li niqobi ostida tanishtirdi.

Eslatib o‘tamiz, Ba uchun Turkiya chempionati u qadar begona emas. Boisi, u faoliyati davomida «Beshiktosh» va «Geztepe» klublarida to‘p surgan. Shuningdek, «Xoffenxaym», «Vest Xem», «Nyukasl» va «Chelsi» kabi nomdor jamoalar sharafini ham himoya qilgan.

Ma’lumot uchun, “Istanbul” ayni damda Turkiya chempionatida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!