
De Yong PSJga nasib etdi
So‘nggi paytlarda Evropa grandlarining “oromini o‘g‘irlagan” “Ayaks” yarim himoyachisi Frenki de Yong faoliyatini qaerda davom ettirish borasida bir qarorga keldi.
De Telegraaf nashrining xabar berishicha 21 yoshli gollandiyalik futbolchi PSJning taklifini qabul qilgan. O‘z navbatida parijliklar ham uning transferi uchun “Ayaks”ga 75 mln evro to‘lashga tayyor. Ushbu transfer rasman mavsum yakunlangach amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, de Yong uchun shuningdek "Barselona" va "Manchester Siti" kabi grandlar ham kurash olib borishayotgan edi.
Fikrlar