
De Yong "Barselona"ga o‘tishga rozi bo‘ldi
Amsterdamning “Ayaks” klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong “Barselona”ga o‘tishga rozi bo‘ldi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli gollandiyalik futbolchi kataloniyaliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Amsterdamliklar esa ushbu transferdan 75 mln evro ishlab olishadi.
Eslatib o‘tamiz, de Yongga shuningdek PSJ, “Bavariya” va “Manchester Siti” klublaridan ham jiddiy qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, Frenki de Yong joriy mavsum Gollandiya chempionatida 15ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar