
"Chelsi" o‘zining asosiy himoyachisidan ayrilishi mumkin
Londonning "Chelsi" klubi tez orada o‘zining asosiy himoyachilaridan biridan ayrilishi mumkin.
Goal.com tarqatgan xabarga qaraganda yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida David Luis jamoani tark etishi mumkin. Ta’kidlash kerakki, 31 yoshli braziliyalik futbolchining “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida nihoyasiga etadi va hozircha tomonlar ushbu kelishuvni uzaytirish borasida o‘zaro kelisha olishmayapti.
Ma’lumot uchun, Luis joriy mavsum “Chelsi” safida 18ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga kiritishga erishgan.
Fikrlar