
Chavandozlarimiz Germaniyaga jo‘nab ketishdi
Ot sporti jahon arenasiga chiqish, xalqaro musobaqalarda ishtirok etish — o‘ta murakkab va ko‘p mablag‘ talab qiluvchi vazifadir. Ko‘pincha shu sabab bizning sportchilarimiz avval o‘z mahoratlarini, otlarining qobiliyatlarini nufuzli musobaqalarda namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlar. Ammo bugun yilqichilik va ot sporti rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tdi. Yangilanishlarning ijobiy natijalari esa ko‘p ham kuttirmadi.
O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti sohasi uchun navbatdagi qadam esa sportchilarimizning 2018 yildagi yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtiroki bo‘ladi. 18 avgustdan 2 sentyabrga qadar Indoneziya mezbonligida o‘tadigan ushbu musobaqada o‘zbek chavandozlaridan, konkur bo‘yicha respublika terma jamoasi a’zolari G‘ayrat Nazarov, Umid Kamilov, Oqil Sobirjonov, Nurjan Tuyakbaev musobaqalarda o‘z otlarida ishtirok etishadi.
Ushbu nufuzli turnirga tayyorgarlik ancha avval boshlangan. O‘zbekiston ot sporti federatsiyasining xabar tarqatishicha, deyarli bir oy avval otlar tegishli karantin muddati va veterinar ruxsati tekshirishlarini olish uchun Germaniyaga jo‘natilgan bo‘lsa, kuni kecha bizning sportchilar ham u erga etib borishdi. Ular bu ish jarayonida tajribali nemis mutaxassislari qo‘l ostida o‘quv-mashg‘ulot seminarlarida qatnashishadi. Malaka oshirish va tajriba almashish uchun Germaniyaga katta tajribaga ega mkrabbiylardan biri hisoblangan Sergey Shmelev ham jo‘natilgan. Nazariy darslar va amaliy mashg‘ulotlar tugashi bilan bizning sportchilarimiz Evropadagi nufuzli musobaqalarda ishtirok etishadi va bu kelgusi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun ajoyib tayyorgarlik bo‘ladi.
Shunday qilib, 20 avgust kuni sport juftliklari Belgiyadan Indoneziyaga uchib ketishadi. Bizning sportchilar o‘z otlarida respublika tarixida birinchi bor bu kabi nufuzli musobaqalarda ishtirok etishmoqda. Shu erda ta’kidlab o‘tib joizki, ot sporti rivojiga katta e’tibor qaratuvchi, o‘z sportchilarining bu kabi ko‘lamdor musobaqalarda ishtirokini ta’minlab bera oluvchi mamlakatlar jahon hamjamiyati tomonidan yuqori baholanadi va sport davlatlari qatoriga kiritiladi.
Fikrlar