«CAFA Women’s Championship 2018» musobaqasi uchun akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni boshlandi

  • 18 noyabr, 2018, 08:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Joriy yilning 23 noyabr - 1 dekabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi (CAFA) tomonidan ayollar terma jamoalari o‘rtasida «CAFA Women’s Championship 2018» musobaqasini o‘tkazishi haqida avvalroq xabar berib o‘tgandik.

Mazkur musobaqaga ommaviy axborot vositlari xodimlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish boshlanganini ma’lum qilamiz. Musobaqani bevosita stadiondan yoritib borishni istagan OAV xodimlari 21 noyabrga qadar media@the-cafa.com elektron manziliga xat yuborishlari talab etiladi. 

Eslatib o‘tamiz, «CAFA Women’s Championship 2018» musobaqasida Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston,Eron va O‘zbekiston ayollar terma jamoalari ishtirok etishadi. Barcha o‘yinlar poytaxtimizdagi "Milliy" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!