
"Buxoro" stadionida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda (foto)
2019 yilgi mavsumda Superliga, Pro-liga, U-21 birinchiligi, ayollar chempionati uchrashuvlari bo‘lib o‘tadigan stadionlarni talab darajasiga etkazish maqsadida Buxoro viloyati hokimligi boshchligida "Buxoro" sport majmuasida qayta ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avvalambor maydon holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratiladi. Rejaga ko‘ra maydonni tekislash, sug‘orish tizimlarini yaxshilash, qo‘shimcha maysa urug‘i qadash va tribuna o‘rindiqlarini almashtirish ishlari olib boriladi.
Shuningdek Yoshlar ligasi hamda ayollar chempionati uchrashuvlari bo‘lib o‘tadigan "Umid" o‘yingohida ham ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Fikrlar