
Bugun 2 sportchimiz JChDa ishtirok etadi
Turkmaniston poytaxtida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Bugun musobaqaning galdagi kun dasturida 2 nafar polvonimiz "A" guruhida bahslarga kirishadi.
Dastlab ayollar toifasida endigina 16 yoshni qarshi olgan yosh qizimiz Tursunoy Jabborova (-81 kg) supaga chiqsa, vazni 102 kg.gacha bo‘lgan erkaklar o‘rtasida 19 yoshli sportchimiz Akbar Jo‘raev ham kuchlilar qatorida chempionlik uchun bahs olib boradi.
Jabborovaning chiqishi Toshkent vaqti bilan 17:25 ga to‘g‘ri kelsa, Jo‘raev 20:00 dan e’tiboran o‘z guruhida ishtirokini boshlaydi. Har ikki vakilimizga omad yor bo‘lsin deb qolamiz.
Fikrlar