
Buffon Italiya va Frantsiya chempionatlaridagi farqni aytdi
"Frantsiyada Italiyadagiga qaraganda stress kam. Bu men uchun katta yangilik. Italiyada ba’zan juda chuqurlashib ketishadi va futbolga aloqasi bo‘lmagan narsalar ishga tushadi. O‘yinga bo‘lgan e’tibor xam Frantsiyada o‘zgacha. Bu erda sokin va xursandchilik bilan kechar ekan.
"Yuventus"da talablar umuman boshqacha edi. Kuchsiz jamoaga qarshi tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsangiz ham jiddiy shug‘ullanish talab etilardi", - dedi italiyalik posbon.
Fikrlar