
Boku-2017: Gimnastikachilarimiz ham saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunlashdi
Xabaringiz bor, Ozarboyjon poytaxti Boku shahri 12-22 may kunlari oralig‘ida o‘tkaziladigan Islom birdamlik o‘yinlariga mezbonlik qilmoqda.
Ushbu musobaqaning bugungi kun dasturidan o‘rin olgan badiiy gimnastika bahslari o‘z yakuniga etdi. Xususan, halqa va koptok bo‘yicha bajalirgan mashqlarda hamyurtlarmiz o‘z ishtiroklarini yakunlashdi.
Xususan, Anastasiya Serdyukova halqada 16.300 koptok bilan bajarilgan mashqalarda 15.900 ballni qo‘lga kiritgan holda, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Sabina Toshkenboeva halqa bilan bajarilgan mashqlarda 14.850, Nuriniso Usmonova koptok bilan bajarilgan mashqlarda 15.000 balnni qo‘lga kiritgan holda, saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunlashdi.
Qayd etish joiz, ertaga ishtiroklarini tasma va bulava bilan bajariladigan bahslarda davom ettirishadi.
Fikrlar