
Boku-2017: Gimnastikachi qizlarimiz kumush medalni qo‘lga kiritishdi
Xabaringiz bor, shu kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida «Islom birdamlik» o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
13 may kuni sportning badiiy gimnastika yo‘nalishi bo‘yicha jamoaviy bahslar bo‘lib o‘tdi. Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilayotgan gimnastikachi qizlarimiz delegatsiyamiz hisobiga kumush medallarni qo‘shib qo‘yishdi.
Birdamlikda harakat qilgan Serdyukova Anastasiya, Tashkenbaeva Sabina hamda Usmanova Nurinissolar kumush medalga ega bo‘lishdi va vatanimiz bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarishdi. Oltin medal Ozarbayjon vakillariga nasib etgan bo‘lsa, turkiyalik gimnastikachilar shohsupaning 3- pog‘onani band etishdi. Bahslar davom etmoqda.
Yulduz Rahmatova tayyorladi
Fikrlar