
Bobir Abdixoliqov: Haqli va kerakli g‘alabaga erishdik
Pepsi Superligasi 18-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” (1:0) uchrashuvidan keyingi o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘yining eng yaxshi o‘yinchisi deya, e’tirof etilgan hujumchi - Bobir Abduxoliqov ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda "Nasaf" rasmiy sayti xabar bermoqda.
"Bugungi o‘yinga astoydil tayyorgarlik ko‘rgan edik, murabbiylarimizni o‘yinga tuzgan rejalarini to‘liq bajarishga harakat qildik. Jamoadoshlarimlarning barchasiga rahmat aytaman, biz bir oila a’zolari sifatida harakat qildik.
Hattoki, bugungi o‘yinda maydonga tushmagan jamoadoshlarimning ham g‘alabada hisslari bor. Haqli va zarur g‘alabaga erishdik, bundan hammamiz xursandmiz. Bizni qo‘llab-quvvatlagan aziz muxlislarimizga kattadan-katta tashakkur bildiraman. Biz bugungi g‘alabamizni ularga bag‘ishlaymiz", - deb aytib o‘tdi Abdixoliqov.
Fikrlar