
Bilasizmi? JCh-2018da g‘olib bo‘lgan Frantsiya terma jamoasining 4 nafar a’zosi 5 yil oldin O‘zbekistonga qarshi o‘ynagan
Xabaringiz bor yaqindagina Rossiya yashil maydonlarida futbol bo‘yicha XXI jahon chempionati o‘z nihoyasiga etdi. Finalda Xorvatiyani 4:2 hisobida engan Frantsiya roppa-rosa 20 yildan so‘ng o‘z tarixidagi ikkinchi chempionlikni qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, Dide Desham Rossiyaga olib borgan tarkibda bundan 5 yil muqaddam Turkiyada bo‘lib o‘tgan Yoshlar o‘rtasidagi (U-19) jahon chempionatida Frantsiya terma jamoasi safida O‘zbekistonga qarshi o‘ynagan 4 nafar futbolchi ham bor edi. Bular darvozabon Alfons Areola, himoyachi Samuel Umtiti, yarim himoyachi Pol Pogba hamda hujumchi Florian Tovenlardir.
Ha, adashmadingiz. Aynan mana shu futbolchilar besh yil oldin Turkiya yashil maydonlarida bizning yigitlarni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgan edi. Bugun esa ular jahon chempioni.
Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati. Chorak final.
2013 yil, 6 iyul. Riza. “Yangi shahar” nomli stadion.
Frantsiya – O‘zbekiston – 4:0 (3:0).
Gollar: Yaya Sanogo, 31 – 1:0. Pol Pogba, 35-pen. – 2:0. Floren Toven, 43-pen. – 3:0. Kurt Zuma, 64 – 4:0.
Hakamlar: Sandro Richchi (Braziliya), Alessandro Rocha (Braziliya), Karlos Vera (Ekvador).
Frantsiya: Alfons Areola, Dimitri Folke, Kurt Zuma, Samuel Umtiti, Pol Pogba, Jeffri Kondogbia (Aksel Ngando, 62), Yaya Sanogo, Jan Kristof Baebak (Aleksi Bosetti, 69), Lyuka Din (Per Yoves Poloma, 78), Jordan Veretu, Florian Toven.
O‘zbekiston: Aslbek Omonov, Tohir Shamsiddinov, Maksimilian Fomin, Abbos Maxstaliev, Vladimir Kozak, Diyor Turopov (Jaloliddin Masharipov, 59), Abdulaziz Yusupov (Zabihillo O‘rinboev, 59), Azamat Abdullaev, Igor Sergeev, Sardor Sobirxo‘jaev (Kamron Kapadze, 65), Muhsin Ubaydullaev.
Ogohlantirishlar: Maksimilian Fomin, 14. Tohir Shamsiddinov, 34. Sardor Sobirxo‘jaev, 51. Vladimir Kozak, 65.
Chetlatish: Tohir Shamsiddinov, 68.
Fikrlar