
Bilasizmi? "Borussiya" Dortmund Bundesligada 4-marta 7:0 hisobida g‘alaba qozondi
Xabaringiz bor kecha Dortmundning “Borussiya” klubi Bundesliganing 5-turida “Nyurnberg”ni 7:0 hisobida tor-mor keltirdi.
E’tiborlisi, dortmundliklar bundan avval ham 3 marta Bundesligada 7:0 hisobida g‘alaba qozonishgan. Aniqrog‘i, «Blau-Vayss» (1986 yil), «Gamburg» (1967 yil) hamda «Shalke» (1966 yil) klublari “Borussiya” tomonidan javobsiz etti bor ishg‘ol etilgan.
“Borussiya”ning Bundesligadagi eng yirik g‘alabasi esa 1982 yil “Arminiya” (11:1) ustidan qo‘lga kiritilgan.
Fikrlar