
Beyl qaysi savolga javob berishni xohlamadi?
Madridning "Real" klubi vingeri Garet Beyl Xulen Lopetegi jamoaning sobiq ustozi Zinedin Zidandan yaxshimi degan savolga javob berishni istamadi.
“Lopetegining inglizcha gapira olishi menga yordam beradi. Albatta, men ispan tilini ham tushunaman, biroq mashg‘ulotlar paytidagi ayrim kerakli so‘zlarni tushunolmay qolaman. Lopetegi Zidandan yaxshiroqmi? Men ushbu savolga javob berishni xohlamayman”, - deydi uelslik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Beyl Zidan bilan xayrlashmagan “Real”ning yagona futbolchisi bo‘lgan edi. Boisi, frantsiyalik mutaxassis uni aksariyat hollard zaxirada qoldirar edi. Buning ortidan esa futbolchi va murabbiy o‘rtasida mojaro kelib chiqqandi.
Fikrlar