
"Bavariya" forvardi Xitoy klubiga ko‘chib o‘tdi
Xitoyning "Tyantszin Teda" klubi o‘zining rasmiy saytida "Bavariya" forvardi Sandro Vagnerni o‘z safiga qo‘shib olgani haqida e’lon qildi.
Unga ko‘ra xitoyliklar 31 yoshli germaniyalik futbolchini 5 mln evroga sotib olishgan va u bilan 2020 yilning 31 dekabrigacha shartnoma imzolashgan. Biroq, Vagner yangi jamoasida qancha maosh olishi haqida ma’lumotlar keltirilmagan.
Ma’lumot uchun, Vagner “Bavariya” safiga bundan roppa-rosa bir yil muqaddam “Xoffenxaym”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 30ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 10ta gol va 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar