
Bartsali: Odamlar Ronalduni marslik deb o‘ylashadi, lekin...
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Andrea Bartsali portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu yangi jamoadoshlari bilan qanday munosabatda ekanligini aytib o‘tdi.
“Odamlar Ronalduni marslik deb o‘ylashadi. Lekin u biz bilan xuddi oddiy insondek muomalada bo‘ladi. Futbolchilar uning jamoamizda ekanligidan xursand”, - deydi tajribali himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli Ronalduning “Yuventus”dagi yillik maoshi 31 million evroni tashkil etadi va u ayni damda A Seriyaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi.
Fikrlar