
«Barselona»da Luis Suaresni qanday qilib almashtirish mumkin?
Kataloniyaliklar Suaresni 2014-yilda «Liverpul»dan naq 65 million funt evaziga olib kelgandi. Klub u bilan barcha sovrinlarga ega chiqdi. Urugvaylik hujumchi «Barsa» uchun 209 o‘yinda 155 gol urishga erishdi. 2015-16-yilda esa dunyoning eng yaxshi hujumchisiga aylandi. Ajoyib davrni boshidan o‘tkazdi.
Ammo 31 yoshli hujumchi jismoniy pasayishga uchramoqda. Suares hamon ajoyib o‘yin ko‘rsata olishi mumkin, ammo «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy tarkib hujumchisi sifatida o‘ynashda davom etishi uchun o‘sha yuqori sport formasiga qaytishi talab etiladi. O‘zgarish qilish kerak, ammo kim uning o‘rnini to‘ldirishi mumkin? Quyida Suaresning yo‘qligini bildirmaydigan bir qator iste’dod egalarini tahlil qilib ko‘ramiz.
Orzu: Kilian Mbappe
Agarda birorta top klubning hujumchisini imzolash kerak bo‘lsa Kilian Mbappedan yaxshiroq variant yo‘q. Yosh frantsuz hujumchisi hali 20 ga to‘lib ulgurmagan bo‘lsada, muntazam ravishda yangidan-yangi rekordlarni o‘rnatib kelmoqda. Masalan u shu yil yozida Pele davridan beri birinchi marta gol urgan o‘smirga aylandi. Pele-ya!
Mbappe «Barselona»ga juda yaxshi moslashib ketishi mumkin. To‘g‘ri u Suaresdek baland bo‘yli emas. Bu himoyachilar bilan kurashda bilinishi mumkin. Ammo undagi tezlik, reaktsiya va talantga Samyuel Etoo va Terri Anrilar ham havas bilan qarayotgan bo‘lsa ajabmas. U Leo Messi yonida klubda katta yutuqlarga erishishi aniq.
Mbappe va Messi hamkorligi ancha samarali chiqishi tayin. Frantsiyalik hujumchi Messining benazir uzatmalarini golga aylantirishda adashmasa kerak. Messining uzatmalarini Mbappedek tezkor futbolchigina 100 % samarali yakunlashi mumkin.
Boz ustiga Mbappening eng yaqin do‘sti va vatandoshi Usmon Dembele allaqachon «Barsa»da o‘ynaydi va bu ikkovlon maydonda birgalikda afsunlar ko‘rsatishi mumkin. Bu ikkalasining Messining ikki tomonida tasavvur qilayapsizmi? Kataloniyaliklar u «Monako»ni «PSJ»ga almashtirmasdan oldin qiziqish bildirgan edi. Ammo poytaxt klubi xo‘jayinlari hech qanday narxga uni sotmasliklari tufayli ushbu transfer orzuligicha qolib ketsa kerak.
Haqiqat: Kshishtof Pyontek
Haqiqatga yaqinroq transferlar haqida gap ketganda, doim o‘rtamiyona klublarda hali uncha tanilmagan hujumlardan qidirish kerak. «Barselona» ham xuddi shunday qilmoqda. Klub «Jenoa»ning polyak hujumchisi Kshishtof Pyontekni kuzatib bormoqda.
Yaqindagina termada xalqaro faoliyatini boshlagan hujumchi yangi mavsumda A Seriyaning yangi kashfiyoti bo‘lishi mumkin. U atigi to‘qqiz uchrashuv o‘tkazganiga qaramay raqiblar darvozasiga naq 13 ta golni joylab bo‘ldi.
Pyonte Robert Levandovskidek bo‘lmasa baland govdali futbolchi. Bu degani unda texnika yo‘q degani emas. Uning ajoyib mahorati haqiqiy sportcha uslubda. Havodagi kurashlarda-ku undan o‘tadigani yo‘q. Katta ehtimol bilan aytish joizki uning hozirgi gollari samaradorligi vaqtinchalik, ammo u bu bilan yuqori samaradorlikni ko‘rsata olishi mumkinligi qobilyatini ko‘z-ko‘z qilib qo‘ydi.
Uning Kataloniyaga kelishi klubda yangi davrni ochib berishi mumkin. Pyontekning hujumkorlik salohiyati sekinlashib qolgan sxemani yana tezlashtirib yuborishi mumkin. Bekorga klub uning o‘yinini kuzatish uchun skautlarini jo‘natgani yo‘q. Boz ustiga uning narxi aqlbovar qilmas darajada bo‘lmaydi. Darhaqiqat, amalga oshishi mumkin bo‘lgan transfer.
Djoker: Neymar
Neymar «Barselona»ga qaytishni istaydi! Eng kamida OAV ga ishonadigan bo‘lsak, shunday. Aftidan braziliyalik hujumchi Parijda baxtli emas. Kataloniyada «Messi soya»sida qolib ketgan futbolchi qaytishni juda-juda istamoqda ekan.
«Barselona» afsonaviy MSN ning bir vakilini boshqasi bilan almashtirishi mumkinmi? Yo‘q, buning iloji yo‘q. Neymar klubga qaytsayam markazdan o‘rin olmasiligi aniq. Chunki u an’anaviy markaziy hujumchi emas. U yana chap qanotdan o‘rin egallashi mumkin. Leo esa markazda «aldamchi to‘qqizlik» vazifasini ijro etishi mumkin. Huddi to‘rt yil buni mohirona ijro etganidek.
To‘g‘ri, «PSJ» Neymar uchun aql bovar qilmas pul – 222 million evro sarflagan. Agarda u «Barsa»ga qaytishni istasa, frantsuz klubi sarflagan pullarini to‘liq qaytarib olishni istaydi. Kamiga u to‘qqizlik vazifasini bajara olmasligi tufayli Suares uchun munosib o‘rinbosar bo‘la olmaydi. «Barselona» muxlislari ham uning qaytishini istamayotgani aniq. Shu faktorlar sababli ushbu transfer faqatgina djoker sifatida bo‘lishi mumkin.
Fikrlar