
"Barselona" tezkorlik bilan Koutinoga Evropa ittifoqi pasportini olib bermoqchi
"Barselona" klubi rahbariyati braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutinoga tezkroq Evropa ittifoqi pasportini olib bermoqch.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” ushbu jarayonni 12 avgustgacha, ya’ni “Sevilya”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Ispaniya Superkubogi o‘yiniga qadar yakunlashmoqchi. Chunki, ayni damda “Barselona” safida Evropa ittifoqi fuqarosi bo‘lmagan Koutinodan tashqari yana 3ta futbolchi bor. Ular Artur, Malkom va Arturo Vidal.
Aytish lozimki, “Barselona” belgilangan qoidalarga ko‘ra Ispaniya chempionati bahslarida Evropa ittifoqidan bo‘lmagan faqatgina 3ta futbolchini o‘yin qaydnomasiga kiritishi mumkin.
"Barselona" esa o‘zining barcha yangi futbolchilari yangi mavsumning ilk uchrashuvidan boshlab maydonda harakat qilishlarini istamoqda.
Fikrlar