
"Barselona" Pikega o‘rinbosar topdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi qishda 32 yoshni qarshi oladigan himoyachisi Jerar Pikega o‘rinbosar topib qo‘ydi.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” Argentinaning "Boka Xoniors" klubi himoyachisi Leonardo Balerdini o‘z saflariga qo‘shib olishni ko‘zlashmoqda. Aytish lozimki, kataloniyaliklar 19 yoshli futbolchining transferi borasida Argentina klubiga 5 million evrolik taklif bilan chiqishdi. Biroq, yakunda rad javobini olishdi.
Ma’lumotlarga qaraganda “Barselona” yaqin orada Balerdining transferi bo‘yicha "Boka Xoniors"ga o‘zining navbatdagi taklifini yuboradi.
Fikrlar