
"Barselona": Koutinoning narxi 400 mln evro
Kataloniyaning “Barselona” klubi PSJ qiziqish bildirayotgan braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutinoning transfer narxini e’lon qildi.
Ispan OAVlari tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 26 yoshli futbolchini uning shartnomasida ko‘rsatilgan 400 mln evro tovon puli evaziga qo‘yib yuborishlari mumkin. Agar ushbu mablag‘ni to‘lashni istagan jamoa bo‘lsa, “Barsa” rahbariyati ushbu taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq PSJ Koutino uchun 270 mln evrodan voz kechishga tayyor ekanligi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar