
Bahrom Mendiboev: Bu chempionatda Ruslan Nurudinov ham ishtirok etgan
Bir necha kun oldin o‘g‘ir atletika bo‘yicha Nepalda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tishi va unda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etishi borasida xabar berib o‘tgandik.
Ushbu chempionatda 3 ta murabbiy sportchilarimizga boshchilik qilishadi. Ulardan biri Mediboev Bahrom. Biz og‘ir atletika bo‘yicha ayollar terma jamoasi katta murabbiyi Mediboev Bahrom bilan suxbatlashdik.
Bahrom aka, ushbu chempionatga qay darajada tayyorgarlik ko‘ra oldinglar?
- Osiyo chempionatiga ketishimizdan oldin Rossiyaning Qozon shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib bordik. O‘ylaymanki, tayyorgarligimiz a’lo darajada bo‘ldi. Endi buni mevasini turnir davomida bilib olamiz.
Rahbariyat tomonidan O‘zbekiston terma jamoasi oldiga qanday maqsad qo‘yildi?
- Bu musobaqada o‘smirlarimiz ishtirok etishadi. Shuning uchun bu atletlarni tajribasini oshirib borish, qo‘ldan kelgancha yaxshi natijalar bilan qaytish va qolaversa, Argentinada bo‘ladigan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorlanish vazifasi qo‘yilgan.
Siz o‘z shogirdlaringizdan kimlardan yoki nechta medalni kutmoqdasiz?
- Endi bu sport. Unda hamman rasa bo‘lishi mumkin. Oldindan nimadir deyish qiyin. Shogirdlarim albatta, medal olishadi deb o‘ylayman.
Ishtirokchilar orasida ushbu yosh toifasidagi turnirlarda chempion yoki sovrindor bo‘lganlar ham bormi?
- Aprel oyida o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati 2 qiz sovrindor bo‘lgan. Ular Fayzullaeva Kumush bronza, Ahmadova Gulnoza kumush medalini qo‘lga kiritgan. O‘g‘il bollar o‘rtasida Li Aleksandr bronza, Saidahrorov Saidmuxtor kumush medallariga sazovor bo‘lgan. Ushbu sportchilarimiz ham hozir Osiyo chempionatida qatnashishadi.
Ushbu chempionatda hamyurtlarimizga qaysi davlat asosiy raqobatchi sifatida qaraladi?
- Mazkur turnirda O‘zbekiston terma jamoasiga Xitoy, Eron hamda Qozog‘iston asosiy raqobatchi sifatida e’tirof etiladi.
O‘smirlar va yoshlar chempionatida oldin el tanigan qaysi atletlar ishtirok etgan?
- O‘z vaqtida Ruslan Nurudinov ham yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etib, sovrindor bo‘lgan. Qolaversa, Ulug‘bek Alimov, Adhamjon Ergashev, Doston Yoqubov kabilar ham ushbu musobaqalarda qatnashishgan va o‘z natijalarini yaxshilab borishgan. Keyinchalik esa katta katta turnirlarga yo‘l olishgan.
Bekzod ISAEV suxbatlashdi
Fikrlar